Shu ikki o‘yinchi kelsa, premer-ligani “yondirvoramiz”!
Football London nashrining xabar berishicha, Angliya premer-ligasining eng zo‘r hujumkor futbolchilaridan biri hisoblangan Rafinya Dias kelasi mavsum oldidan “Chelsi” safiga o‘tishi mumkin.
Bu o‘yinchi yaqinda “Arsenal”dan bo‘lgan taklifni rad etganiga qaramay, oxir-oqibat “Lids”ni tark etishi kutilmoqda.
Rafinya Diasga “Bavariya” ham anchadan beri qiziqish bildirib kelayotgan edi. Lekin myunxenliklarda “Liverpul” hujumchisi Sadio Maneni olish imkoni paydo bo‘lganidan keyin ular ancha murakkab hisoblangan Rafinya transferidan voz kechdi.
Tomas Tuxel jamoasi hujumini Rafinya va Usmon Dembele tandimi bilan kuchaytirmoqchi. Frantsiyalik hujumkor futbolchi ham “Barselona”ni tark etib, “Chelsi”ga o‘tishga yaqin turibdi.
Fikrlar