Shu o'yinchi zo'r ekan! Futbol skauti Yevropa klublarini o'zbek futbolchisiga e'tibor qaratishga chaqirdi

  • 25.06.2026 06:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 18 yoshli himoyachi Behruz Karimov jahon chempionatining dastlabki  ikki o‘yinidan so‘ng xorijlik mutaxassislardan yuqori baholarni qabul qilishda davom etmoqda. 

Bu safar yosh futbolchining o‘yini futbol tahlilchisi va skauti Alehandro Parra alohida e’tirof etib, Yevropa klublarini unga e’tibor qaratishga chaqirdi. 

- O‘zbekistonning himoyadagi o‘yini juda yomon ko‘rinish olmoqda — deyarli butun jahon chempionatidagi eng zaif himoyalardan biri bo‘lib ko‘rinmoqda. Lekin shunday sharoitda ham Behruz Karimovni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 

U Kolumbiyaga qarshi o‘yinda ham juda yaxshi harakat qilgandi, jismoniy kuch va to‘g‘ri pozitsiya tanlash borasida yuqori darajani namoyon etdi. Mana shu ikki jihat uni tez orada Yevropaga olib chiqishi aniq.

Karimov - katta iste’dod, — deb yozdi Alehandro Parra.

O‘zbekistonning himoya chizig‘idagi o‘yini haqiqatan ham juda zaif, jahon chempionatidagi eng yomon ko‘rinishlardan biri, ammo mana shu fonda ham yosh iste’lod egasi Behruz Karimovni alohida e’tirof etishmoqda. 

Bundan oldin ham Behruz Karimov o‘yiniga vengriyalik mashhur jurnalist va futbol tahlilchisi Bence Bochak yuqori baho bergan edi. Uning ta’kidlashicha, 18 yoshli himoyachi Luis Dias va Nunu Mendes kabi yulduzlarga qarshi bahsda o‘zini munosib tomondan ko‘rsata oldi. 

Jurnalistning fikricha, Karimovni allaqachon bir qator yevropalik skautlar nazoratga olgan bo‘lishi ehtimoli katta. 

Joriy jahon chempionatida Behruz Karimov O‘zbekiston terma jamoasining har ikki uchrashuvini deyarli to‘liq o‘tkazdi. Kolumbiyaga qarshi o‘yinda (1:3) u 90 daqiqa to‘liq maydonda o‘tkazdi. Portugaliyaga qarshi bahsda (0:5) esa u faqat 89-daqiqada almashtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!