Shu shartni bajarsang, “Arsenal”da yana 20 yil qolasan
“Arsenal” rahbariyati ispaniyalik mutaxassis Mikel Artetani bosh murabbiy lavozimida uzoq muddat saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
MatchDay Central nashri ma'lumotiga koʻra, agar jamoa Yevropa Chempionlar ligasi va Angliya Premier-ligasida gʻalaba qozona olsa, Mikel Artetata huddi Arsen Venger davriga oʻxshash yangi uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor.
Londan klubi Artetani jamoaning kelajak me'mori sifatida koʻrmoqda va barqaror muvaffaqiyat uchun direktorlar kengashi tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlashni ta'minlamoqda.
Qayd etilishicha, bunday ssenariyda Arteta, agar oʻzi oldinroq ketishga qaror qilmasa, “Arsenal” bosh murabbiyi lavozimida 20 yildan ortiq ishlashi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Mikel Arteta qoʻl ostida “Arsenal” joriy mavsum Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va Premier-ligada yakkapeshqadam boʻlib turibdi.

Fikrlar