Shu yulduzni bizga ber! Yevropaning eng kuchli klubidan "Manchester Siti"ga qo'ng'iroq bo'ldi

  • 26.07.2026 08:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi hamon «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri uchun kurashda hozircha asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. «Oltin to‘p» sohibi Madrid klubi bilan allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan. 

Shu bilan birga, jurnalist Fabris Xokinsning ta’kidlashicha, Rodriga boshqa yetakchi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirayapti.

Xokinsning yozishicha, «Manchester Siti» bilan PSJ aloqa o‘rnatgan. Yevropa chempionlar ligasi  chempioni 30 yoshli Rodrining ehtimoliy transferi shartlari bilan qiziqqan. Shuningdek, futbolchini o‘z safida ko‘rishni istagan klublar orasida «Barselona» ham bor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ bu yozda yangi yarim himoyachi olishni rejalashtirmagan edi. Biroq fransuz chempioni Rodrining «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanishini inobatga olgan holda bu vaziyatni imkoniyat sifatida ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!