Shu yulduzni olinglar! “Barsa” jahon chempionidan qutilmoqchi
«Barselona»ning hujumkor futbolchisi Dani Olmo Angliya Premier-liganing «katta oltilik» klublariga taklif qilindi.
Olmo «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik uchun muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda. Biroq kataloniyaliklar shu pozitsiyada harakat qiladigan Fermin Lopesga ham katta umid bog‘lamoqda. Shu bilan birga, klub tarkibning boshqa muammoli pozitsiyalarini kuchaytirish uchun moliyaviy mablag‘ga ehtiyoj sezmoqda.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» yanvar oyida Olmo bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirgan. Vositachilar orqali 28 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisining xizmatlari «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem»ga taklif qilingan.
Olmo uchun «Barselona»da qolishdan tashqari Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish ham ehtimoliy variant sifatida tilga olinmoqda. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan La Liga mavsumida 33 ta uchrashuvda 7 ta gol urgan va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar