Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shukurov "Sharja"dan ketdimi?

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.

Bir necha kun oldin bir qator ommaviy axborot vositalari BAA chempionatida harakat qilayotgan legionerimiz Otabek Shukurov "Sharja" bilan xayrlashgani va klubni tark etayotganligi haqida bong urgan edi. Aslida bu xabarlar haqiqatdan yiroq!

Otabek Shukurovning saytimizga xabar berishicha, u o‘zi voyaga etgan Chiroqchi tumanida biznes markazi ochmoqda va unga o‘zi uchun qadrdon bo‘lib ulgurgan "Sharja" nomini bermoqchi. Avvalroq, legionerimiz "Instagram" sahifasi orqali Sharja shahri aholisiga minnatdorchiligini bildirib o‘tgan edi. Bu aksariyat OAVda Otabekning "Sharja" klubi bilan xayrlashuvi deya talqin qilindi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hozirda jamoa futbolchimizga yangi shartnoma taklif qilmoqda. Biroq Shukurov o‘z omadini Turkiya yoki Rossiya chempionatidan birida sinab ko‘rmoqchi. Shu sababli, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshmasligi mumkin.

Barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring. Unutmang, biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va sizlar uchun ishlaymiz!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q