Shunchaki dahshat! Ronalduni faoliyatida nechta xet-trik qayd etgani e'lon qilindi
Bu hammaning ham qo‘lidan kelmaydi
«An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi 67-xet-trigiga erishdi.
Saudiya Arabistoni chempionati 12-turidan o‘rin olgan «An-Nasr» – «Al-Xolud» uchrashuvida portugaliyalik yulduz raqib darvozasiga uch marta aniq zarba yo‘lladi. Uchrashuv 5:3 hisobida yakunlandi.
Bu Ronaldu uchun 2024 yil may oyidan buyongi ilk xet-trik bo‘ldi. O‘sha paytda u «Al-Vahda»ga qarshi bahsda (6:0) uchta gol urgan edi.
Hozirda 41 yoshli futbolchi hisobida klublar tarkibida 57, Portugaliya terma jamoasi safida esa 10 ta xet-trik mavjud.
«Al-Xolud» darvozasiga yo‘llangan bu uchta gol Ronalduning umumiy hisobdagi gollari sonini 985 taga yetkazdi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.

Izohlar (0)