Shyurrle Turkiyaga ketmaydi

  • 8 aprel, 2020, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni Moskvaning "Spartak" klubida ijarada o‘tkazayotgan “Borussiya” Dortmund yarim himoyachisi Andre Shyurrle Turkiyaga ketmaydi.

Tecno

Gap shundaki, 29 yoshli germaniyalik futbolchiga "Beshiktosh"dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi. Biroq, u Turkiyaga ketishni rejalashtirmayapti.

Shyurrlening “Spartak” bilan ijara shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, moskvaliklarda uni 8 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi bor. U joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!