Simeone: “Bu nokaut uchrashuvi bo‘ladi”

  • 4 mart, 14:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko Madrid" "Real" bilan to‘qnashuv keladi. Ushbu bahsdan avval argentinalik murabbiy matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
“Albatta biz “Real Madrid”ni juda hurmat qilamiz. Oldingi derbilar bo‘lajak o‘yinga ta’sir qilmaydi. Ikkala jamoa ham juda kuchli va bu nokaut uchrashuvi bo‘ladi. 
 
To‘qnashuvda kim favorit? 
 
Rostini aytsam, men "favorit" nomini topish foydasini hech qachon tushunmayman. Madrid va Chempionlar ligasi o‘ziga xos va tarixiy aloqaga ega. Biroq, bo‘lajak bellashuvda bizda albatta imkoniyat bo‘ladi. 
 
Shahar bizning o‘yinimizdan zavq olishi kerak, barcha o‘yinchilar uchun - Chempionlar ligasining pley-offi har doim o‘zgacha narsadir” – deya ta’rif berib o‘tdi "Atletiko" mutaxassisi. 
 
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Madrid derbisi 4 martdan 5 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!