Simeone klubga bosh ko‘targan Al’varesga qanday munosabat qilishini aytdi
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Julian Alvares bilan kelgusida qanday munosabatda bo‘lishini tushuntirdi.
Futbolchi “Barselona”ga qo‘yib yuborilishini talab qilmoqda va ataylab mashg‘ulotlarga kelmayapti. Biroq “Atletiko” klubi ochiq ravishda o‘z hujumchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib hisoblangan “Barselona”ga berish niyati qat’iy ravishda yo‘qligini ma’lum qilgan.
Simeone Alvares jamoaga qaytsa, u bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyorligini bildirdi.
- Julian Alvares jamoa tarkibiga qaytganda, uni muhim futbolchi ekanini his qilishi uchun unga kerak bo‘lgan barcha narsani beramiz. Julian yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘rilay oladimi? Hayotda sog‘lik bo‘lsa, hamma narsani o‘zgartirish mumkin, - deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Fikrlar