
Simona Xalep "Uimbldon" turniri g‘olibiga aylandi
Angliya poytaxti London shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida g‘olib nomi aniq bo‘ldi.
Chempionatning so‘nggi uchrashuvida ruminiyalik Simona Xalep va amerikalik Serena Uilyams o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda rumin go‘zali raqibi ustidan har ikkala setda bir hil 6:2 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa joriy yilgi "Uimbldon" turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan S.Xalep 2000 reyting ochkosi va 3,05 million AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fikrlar