Sindarov "Freestyle Chess Grand Slam Finals" saralash o‘yinlarini peshqadam bo‘lib yakunladi
Bilolbek Imomov
Shaxmatchimizda chorak finaldagi raqibini tanlash huquqi bor!
Xabaringiz bor, Javohir Sindarov "Freestyle Chess Grand Slam Finals" turnirida ishtirok etmoqda va saralash bahslarini 5.5 ochko bilan peshqadam bo‘lib yakunladi.
Shaxmatchimiz saralash bosqichida Magnus Karlsen, Parham Maghsoodloo, Fabiano Karuana va Hans Niemannni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Vinsent Keymer, Arjun Erigaisi va Levon Aronian bilan murosa yo‘lini tanladi.
Hamyurtimiz saralashni etakchi sifatida yakunlagani uchun chorak finaldagi raqibini o‘zi tanlaydi!


Izohlar (0)