Sindarov — Gukesh oʻrtasidagi shaxmat toji uchun oʻyin qaerda va qachon boʻlib oʻtadi?
FIDE 2026 yildgi jahon chempionati bahsini o‘tkazish uchun mezbonlikka arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu matchda amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh hamda yurtimiz vakili Javohir Sindarov o‘zaro kuch sinashadi.
Uchrashuv 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.Mazkur musobaqa taxminan 25 kun davom etadi. Uning reglamenti esa 2026 yil 1 iyulga qadar tasdiqlanishi lozim.
Turnirning umumiy byudjeti qariyb 8,5 million dollarni tashkil etadi. Shu mablag‘dan kamida 2,5 million dollar sovrin jamg‘armasiga ajratilishi kerak, FIDE badali esa 1,1 million dollar etib belgilangan.
Mezbonlik uchun arizalar 2026 yil 31 maygacha qabul qilinadi. Zarur hollarda ushbu muddat uzaytirilishi ham mumkin.

Fikrlar