Sindarovning sekundanti Madaminov sensatsion g‘alabaga erishdi
Toshkentda o‘tkazilgan nufuzli UzChess Cup Masters turnirida 19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi Muҳiddin Madaminov sensatsion g‘alabaga erishdi, deb xabar bermoqda Sports.kz sayti.
Qiziғи shundaki, Madaminov dastlab turnir ishtirokchilari ro‘yxatida umuman yo‘q edi. U musobaqaga faqat dunyoning yetakchi shaxmatchilari qatorida turgan Javohir Sindarov ishtirokdan voz kechganidan so‘ng taklif etildi. Reyting bo‘yicha esa u turnirdagi eng past ko‘rsatkichga ega shaxmatchi edi va yagona 2600 chegarasidan past reytingli ishtirokchi hisoblanardi.
Klassik dastur doirasida o‘tkazilgan to‘qqiz tur yakuniga ko‘ra, Madaminov va yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Shamsiddin Vohidov bir xil natija ko‘rsatishdi. Ikkalasi ham so‘nggi turdagi uchrashuvlarini durang bilan yakunlab, teng ochko to‘plashdi va birinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi.
Chempionlik taqdiri tay-breykda, ya’ni blits bahslarida hal bo‘ldi. Qisqa vaqtli ushbu duelda Madaminov Vohidovga qarshi ketma-ket ikki partiyada g‘alaba qozonib, 2:0 hisobida ustun keldi va UzChess Cup Masters g‘olibiga aylandi.
Turnirda Nodirbek Abdusattorov, Ardjun Erigaysi, Hans Nimmann, Yan Nepomnyashchiy kabi jahonga tanilgan grossmeysterlar ham ishtirok etdi. Shunga qaramay, ularning hech biri 19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchidan o‘tib keta olmadi.
Ma’lumot uchun, Muҳiddin Madaminov shu paytgacha asosan Javohir Sindarovning yordamchisi sifatida tanilgan edi. U hamyurtiga FIDE 2025 yildgi Jahon kubogi va da’vogarlar turnirida tayyorgarlik ko‘rishda yordam bergan. UzChess Cup Mastersda qo‘lga kiritilgan g‘alaba esa yosh shaxmatchining shu kungacha bo‘lgan faoliyatidagi eng yirik yutuq sifatida qayd etilmoqda.

Fikrlar