Sindarovning superpartiyasi tahlil qilindi

  • 13.05.2026 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Javohir Sindarov Varshavadagi shaxmat turnirida amaldagi chempion Gukesh Dommaraju bilan bo‘lgan bahsda Italiya ochilishining “Sokin o‘yin tizimi” uslubini qo‘lladi. Hindistonlik grossmeyster ushbu printsipial partiyani juda omadsiz o‘tkazdi va oxir-oqibat umidsiz vaziyatda uchta piyodasis qolib ketdi.

Shu tariqa Javohir Sindarov rapiddagi mag‘lubiyat uchun ishonchli revanş oldi.

Bu g‘alaba Gukesh rapidda Sindarovni mag‘lub etganidan ikki kun o‘tib sodir bo‘ldi. O‘sha o‘yin hind grossmeysterining noodatiy hissiy reaktsiyasi bilan yodda qolgan edi. Odatda, shaxmat taxtasi oldida juda hotirjam va hissiyot bildirmaydigan Gukesh, o‘sha g‘alabadan keyin o‘tirgan holatda musht qisib, xursandchilik qilgani bilan muxlislarni hayratga soldi.

Ikki yosh yulduz o‘rtasidagi raqobat allaqachon jahon shaxmatidagi eng qiziqarli mavzulardan biriga aylangan.

Ammo juma kuni Sindarov eng yaxshi usulda javob qaytardi, u blitsda ishonchli g‘alaba qozondi.

Gukeshning noodatiy nishonlashidan farqli ravishda, o‘zbekistonlik grossmeyster super blitsning 8-turidagi g‘alabadan keyin deyarli hech qanday emotsiya ko‘rsatmadi. O‘yin tugagach, u faqat qat’iy qo‘l siqish bilan kifoyalandi.

Ularning raqobati Gukeshning rapiddagi avvalgi g‘alabasidan keyin yanada keskinlashgan edi. O‘sha partiyada qora donalarda o‘ynagan hind grossmeysteri keskin “Karo-Kann himoyasi”ni tanladi va asta-sekin o‘yinni to‘liq nazoratiga oldi.O‘yin davomida ustunlikka erishib, 52 yurishda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!