
Singapurda WADA Prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston delegatsiya a’zolari Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Prezidenti Vitold Banka bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qatnashdi.
Suhbat davomida tomonlar sportchilar salomatligini asrash, dopingga qarshi kurashish tizimini kuchaytirish, xalqaro tajriba almashinuvi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va WADA vakillari sportda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladilar.
Fikrlar