
Singapurga qarshi o‘yinda og‘ir jarohat olgan "Paxtakor" futbolchisi safga qaytdi!
"Paxtakor" Superliganing 13-turida o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quvonarlisi, mazkur bahsda jarohatidan tiklangan "sherlar" futbolchisi Hojimat Erkinov maydonga tushdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Piter Xyuistra Holmatov o‘rniga Erkinovni tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi O‘zbekiston terma jamoasi safida JCh-2022 saralash bosqichida Singapurga qarshi o‘yinda og‘ir jarohat olgandi.
Fikrlar