
"Siti" Agueroga munosib o‘rinbosar topdi
"Manchester Siti" "Borussiya" hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Manchester klubi rahbariyati Xolandni jamoani tark etishi kutilayotgan Serxio Agueroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Argentinalik forvard yozda jamoani tark etadi.
Avvalroq, Xolandga "Real" va "Chelsi" jamoalari qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar