“Siti” Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashda “Yunayted”ni ortda qoldirdi
Angliya futbolida oʻz oʻrniga ega boʻlgan Manchester shahrining ikki grand klubi “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun kurashni davom ettirmoqda.
Daily Mail nashri maʼlumotiga koʻra, hozirgi vaqtda “Manchester Siti” 23 yoshli futbolchi uchun kurashda “Manchester Yunayted”dan oʻzib ketgan.
Har ikki klub ham kelasi yozda “oʻrmonchilar” yulduzini oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
Biroq agar futbolchi oʻz niyatini aniq bildirsa (Antuan Semenyo holatida boʻlgani kabi), “Yunayted” bu kurashdan chiqib ketib, boshqa nomzodlarga eʼtibor qaratadi.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, Elliot Andersonning bozor qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchining “Nottingem Forest” bilan shartnomasi 2029 yil oʻrtalarigacha amal qiladi.
Fikrlar