“Siti” APLdan chetlatilsa, Xolandda “ulkan summaga” sotib ketadi
«Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun Angliya Premier-ligasidan chetlatilgan taqdirda ham, hech bir top-klub uning hujumchisi Erling Holandni tekin ga qo‘lga kirita olmaydi. Bu haqida Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining shartnomasida «Manchester Siti» APLdan chiqarib yuborilgan taqdirda shartnomani muddatidan oldin bekor qilish imkonini beruvchi band mavjud emas.
Bu futbolchining ehtimoliy ketishi uchun yana bir variantni istisno qiladi. Shu bilan birga, «shaharliklar» klub chempionatdan chetlatilsa, Holand jamoada qolib, uning elitaga qaytishiga yordam bermasligini tushunib turibdi.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» 26 yoshli futbolchi bilan 2034 yilga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma orqali o‘z pozitsiyasini himoya qilgan.

Fikrlar