“Siti” bir jamoaning ikki yulduzi uchun to‘rt futbolchisini beradi

  • 29.03.2026 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” sport direktori Ugo Viana kutilmagan ko‘rinishdagi transferni amalga oshirishga bel bog‘lagan.

“Shaharliklar” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Nyukasl”ning ikki yulduzi – yarim himoyachi Sandro Tonali va qanot himoyachisi Valentino Livramento ni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, “Manchester Siti” rejasidagi bitimni amalga oshirish uchun “Nyukasl”ga bir nechta futbolchini taklif qilishga tayyor.

Xususan, “qarg‘alar”ni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar orasida darvozabon Jeyms Trafford, himoyachilar Riko Lyuis, Issa Kabore va Juma Ba nomi tilga olinmoqda.

Ta’kidlanishicha, “Nyukasl” Tonali transferini 115 million yevroga baholamoqda. Italyalik futbolchiga o‘z yurtidan chorlovlar bo‘layotganiga qaramay, klub talab qilayotgan mablag‘ Sandroning Angliyada qolishini anglatadi. Chunki A Seriyaning biror klubi bu qadar katta transfer badalini to‘lay olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!