
"Siti" bir klubning ham himoyachisini, ham yarim himoyachisini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Siti" klubi qishda Abduqodir Husanov, Omar Marmush hamda Vitor Reysni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Gvardiola jamoa "Siti" yana kimnidir sotib olish yoki olmasligini bilmasligini aytdi. Biroq xabarlarga ko‘ra, klub "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo hamda yarim himoyachisi Duglas Luisga bo‘lgan qiziqishni saqlab turibdi.
Gvardiola ko‘proq resurslar jamoaga aynan nima uchun kerakligini tushuntirib berdi: "Moliyaviy jihatdan biz oxirgi mavsumlarda barqaror edik. So‘nggi besh mavsumda kiritgan sarmoyamiz ortidan katta sof foyda oldik.
Qishda ham shu sababli transferlar amalga oshirdik va katta ehtimol buni davom ettiramiz. Bu bizga sovrinlar yutishimizga imkon beradi", - dedi Gvardiola.
Fikrlar