“Siti”, bu futbolchini “Arsenal”ga emas, bizga ber!

  • 26.06.2026 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» klubi «Manchester Siti» vingeri Savioni oʻz safiga qoʻshib olish ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqida insayder Nikolo Skira maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, «shporlar» haligacha «shaharliklar» bilan kelishuvga erisha olmagan, ammo harakatlarni davom ettirmoqda. Futbolchining oʻzi esa ikki hafta avval Londonga koʻchib oʻtishga rozilik bergan.

Oʻtgan yili yozda manchesterliklar «Tottenxem»ning Savio boʻyicha ikki taklifini ham qabul qilmagan edi. Iqtidorli oʻyinchiga mamlakat chempioni «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda. Yaqinda «shaharliklar» braziliyalik legionerini Mikel Arteta jamoasiga yuborishga moyillik bildirgani haqida maʼlumotlar chiqqan edi. 

Oʻtgan mavsumda 22 yoshli braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 36 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Savioning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha moʻljallangan. Transfermarkt mutaxassislari uning qiymatini 35 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!