“Siti” futbolchisiga ikki da’vogar chiqyapti

  • 03.07.2026 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Mateo Kovachich Angliya Premier-ligasining boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida SportsBoom nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, 32 yoshli xorvatiyalik futbolchiga “Nottingem Forest” va “Aston Villa” singari ikki kuchli klub jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Shaharliklar” Kovachich bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining klub bilan shartnomasi tugashiga atigi bir yil qolgan. Kovachichning o‘zi esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!