“Siti” Gvardiola olgan futbolchini sotadi
“Manchester Siti” rahbariyati braziliyali hujumkor futbolchi Savioning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.
ESPN telekanali ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda mavqeini boy berdi va endi asosiy tarkibning muhim o‘yinchisi sifatida ko‘rilmayapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar iqtidorli o‘yinchini 50-60 million yevro atrofidagi summaga qo‘yib yuborishni mo‘ljallayapti.
Savio “Manchester Siti”ga 2024 yilning yozida Fransiyaning “Trua” jamoasidan 25 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Hozirda Transfermarkt.de sayti braziliyalik futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. 2025-2026 yillgi mavsumda Savio “Siti” safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shuningdek, u professional faoliyati davomida “Atletiko Mineyro”, PSV va “Jirona” klublarida ham to‘p surgan.

Fikrlar