"Siti" Gvardiola sabab "Barsa" futbolchisini sotib olish fikridan qaytdi

  • 07.06.2020 09:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi himoyachisi Nelson Semedu bu yoz "Manchester Siti"ga o‘tmaydi.

Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “shaharliklar” portugaliyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytishgan. Boisi, u jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning rejalariga kirmaydi.

Bundan avvalroq esa, kataloniyaliklar Semedu evaziga "Siti" himoyachisi Joau Kanseluni almashtirishmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirda Semeduga "Inter" va "Yuventus"dan jiddiy qiziqishlar bor.

Nelson joriy mavsum “Barselona” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!