“Siti” har bir raqibiga 100 million funtdan ortiq tovon puli to‘laydi

  • 26.09.2026 08:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» Angliya Premier-ligasining moliyaviy qoidalarini buzgani uchun aybdor deb topilsa, klubning har bir raqibi undan 100 million funtdan (116 million yevro) ortiq tovon puli talab qilishi mumkin.

Bu haqida The Times xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2024 yilda «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenxem» klublari «Manchester Siti»ga rasmiy xabarnoma yuborgan va klub eng jiddiy ayblovlar bo‘yicha aybdor, deb topilgan taqdirda, zararni qoplashni talab qilish huquqini saqlab qolgan.

Qayd etilishicha, ayrim klublar ehtimoliy zarar miqdorini 100 million funtdan yuqori, deb baholagan. Bunga, jumladan, Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagani sababli yo‘qotilgan daromadlar ham kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!