“Siti” hujumchisi raqib jamoaga o‘tib ketmoqchi
“Manchester Siti”ning hujumkor futbolchisi Rayan Sherki Angliya Premier-ligasining yana bir top-klubi qiziqish doirasiga tushdi.
Transfer News Live akkaunti xabariga koʻra, 22 yoshli fransiyalik oʻyinchini Londonning “Chelsi” klubi oʻz safiga qoʻshib olishni istayapti.
Sherkining bugungi kundagi transfer qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Rayan Fransiyaning “Lyon” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyatini aynan lyonliklar safida boshlagan.
“Manchester Siti” iqtidorli oʻyinchini oʻtgan yoz 36,5 million yevro evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi. Rayan joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 10 ta assist muallifi boʻldi.
Fikrlar