"Siti" ikki superhujumchidan birini tanlaydi

  • 29.12.2021 18:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" jamoani tark etgan Ferran Torres o‘rniga qishda o‘yinchi sotib olmasligi ma’lum bo‘ldi. 

Seshanba kuni Torres rasman "Barselona" futbolchisiga aylandi. "ESPN" nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati qishda katta xaridlarga qo‘l urmaslikka qaror qilgan va bor e’tiborini yozgi transferlar oynasiga qaratadi. 

Ayni vaqtda "Tottenxem" sardori Xarri Keyn va Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland - Manchester klubi nishonida. 

Eslatib o‘tamiz, "Siti" yozda Keyn bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgan, biroq yakunda ushbu transfer amalga oshmay qolgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!