“Siti” ishonchli himoyachi tanladi
Portugaliya matbuoti xabariga koʻra, “Manchester Siti” yozda himoya chizigʻini mustahkamlaydi. Xosep Gvardiola jamoasi “Sporting” himoyachisi Maksi Araujonni sotib olish uchun “Manchester Yunayted” raqobatchisiga aylandi.
26 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda “Sporting”ning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi. Ayniqsa, Chempionlar ligasida u “Arsenal” va PSJ kabi kuchli raqiblarga qarshi oʻyinlarda ajralib turdi.
Araujo himoyada ishonchli harakat qilishi, koʻplab toʻp olib qoʻyishlari va universalligi bilan eʼtibor tortgan. U chap qanot himoyachisi sifatida ham, yarim himoyada ham oʻynay oladi.
A Bola nashri maʼlumotiga koʻra, hozircha uni qoʻlga kiritish uchun asosiy daʼvogarlar sifatida Manchesterning ikki klubi eʼtirof etilmoqda.
Avvalroq, “Tottenxem” va “Chelsi” ham futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan va uni kuzatish uchun skautlar yuborgan edi.
Lissabon klubi hozircha futbolchini sotishni rejalashtirmayapti. Aksincha, unga yuqoriroq maosh taklif qilib, uzoqroq ushlab qolmoqchi.
Araujoning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Shartnomada 69 million funtlik tovon puli koʻrsatidgan. Shu sababli, uni sotib olish oson boʻlmaydi. Ammo Ugo Viana lissabonliklar bilan yaxshi aloqalarga ega ekani “Manchester Siti”ga bu muzokaralarda ustunlik berishi mumkin.

Fikrlar