“Siti” Mareska boshchiligida ikkinchi “dahshatli” transferni amalga oshiryapti
Yaqinda “Nottingem Forest”ni 116 million funt evaziga Elliot Andersonni qo‘yib yuborishga ko‘ndirgan “Manchester Siti” ikkinchi yirik transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, klubning yozgi transfer oynasidagi navbatdagi xaridi “Nyukasl” yarim himoyachisi Sandro Tonali bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, “shaharliklar” rahbariyati 26 yoshli italyalik futbolchi uchun taxminan 110 million yevro to‘lashga tayyor. Tonali 2023 yil yozida “Milan”dan taxminan 60 million yevro evaziga “Nyukasl”ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Transferlar haqida turli manbalar axborot tarqatayotganiga qaramay, hozircha bu ma’lumotlar rasmiy tasdiqlanmagan.

Fikrlar