“Siti” muhim oʻyinchi bilan kelishuvga erishdi

  • 05.05.2026 16:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachi Filip Foden bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqida The Athletic jurnalisti va insayder Devid Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi kelishuv 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan bo‘ladi.

Foden “Manchester Siti” tizimi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda 25 yoshli xavbek barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta o‘yin o‘tkazdi, 10 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt internet-portali Fodanning bozor qiymatini 80 million yevro, deb baholamoqda.

Foden yosh bo‘lishiga qaramay, “Manchester Siti” tarkibida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlarda g‘olib chiqib, bosh sovrin egasi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!