“Siti” o‘yinchisini kamtarligi uchun taqdirladi

  • 4 oktabr, 15:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” kuni kecha braziliyalik legioner Savio bilan amaldagi shartnomani uzaytirib, 21 yoshli hujumkor futbolchini 2031 yilning yarmigacha jamoada olib qoladigan bo‘ldi.

Tecno

“Shaharliklar” sport direktori Ugo Viana klubning qaroriga izoh berdi.

- Savioning ko‘plab ajoyib sifatlari bor  va  salohiyati chegara bilmas o‘yinchi. U tabiatan juda noyob qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan. U kundan kunga qattiq mehnat qilmoqda va shu bilan birga juda kamtarin yigit.

Bu futbolchi uzoq yillar davomida Xosep Gvardiola va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda ishlab, jamoamizda muhim rol o‘ynashiga hech qanday shubha qilmayman, - dedi Ugo Viana.

Savio aslida “Atletiko Mineyro” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2022 yili Evropaga ko‘chib o‘tganidan keyin “Trua”, “PSV Endxoven” va “Jirona”da to‘p tepgan. “Manchester Siti” iqtidorli o‘yinchini 2024 yilning yozida “Trua”dan 25 million evroga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!