“Siti” qisqa fursatda 61 ta gol urgan hujumchini ketkazyapti

  • 13.07.2026 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” akademiyasining 19 yoshli iqtidorli markaziy hujumchisi Metti Uorherst klub tizimidagi muvaffaqiyatli faoliyatini yakunlash arafasida turibdi.

Hozirga kelib Chempionshipdan tortib, ikkinchi ligagacha bo‘lgan jami beshta klub iqtidorli futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan.

Klubning sport direktori Ugu Viana ehtimoliy transfer shartnomasiga futbolchining kelajakdagi sotuvidan foiz olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda.

2026/27 yildgi mavsum futbolchining rivojlanishida muhim o‘tish bosqichi hisoblanadi. Endi Metti yoshlar futbolida emas, professional darajada o‘zini ko‘rsatishi shart.

Asosiy jamoada Erling Holandning natijalari hamon akademiyadan chiqayotgan markaziy hujumchilar uchun to‘siq bo‘lib qolmoqda. Bu to‘siqni anglagan holda, Uorherst vakillari klub rahbariyati bilan uning ketish rejasini muhokama qilgan.

Mail Sport jurnalisti Saymon Jonsning xabar berishicha, “Manchester Siti” akademiyasining yuqori baholanyotgan hujumchisi Metti Uorherst yozda baribir klubni tark etishga tayyor. U akademiya tizimida 97 o‘yinda 61 ta gol urgan.

19 yoshli futbolchiga “Stokport Kaunti”, “Suindon Taun”, “Kembrij Yunayted”, “Nortgempton Taun” va “Berton Albion” klublaridan taklif bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!