“Siti”: Rodri qolgan taqdirda ham shu yulduzni olamiz!

  • 04.08.2026 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati  Fransiyaning “Lill” klubi iqtidorli yarim himoyachisi Ayub Buaddini Rodrining kelajagidan qat’iy nazar sotib olishni rejalashtirmoqda.

Hozirda “Siti” mutasaddilari Rodri transferi bo‘yicha “Real” bilan muzokara olib bormoqda. “Shaharliklar” ispaniyalik yarim himoyachi bilan yangi shartnoma imzolashni istaydi. Ammo Rodri ketishni xohlasa, klub unga to‘sqinlik qilmaydi.

Avvalroq Buaddi Rodrining ehtimoliy o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rilgani haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq ESPN ma’lumotiga ko‘ra, “Siti”ning 18 yoshli Marokash terma jamoasi futbolchisiga bo‘lgan qiziqishi Rodrining taqdiri bilan bog‘liq emas.

Buaddi uzoq vaqtdan beri “Manchester Siti”ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Kelishuv yakunlanish arafasida bo‘lgani uchun u Rodrining kelajagi aniq bo‘lishidan oldin ham Manchestergа kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!