“Siti” superhujumchini qaytarishga qaror qildi

  • 29.08.2026 11:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» so‘nggi soatlarda Madridning «Atletiko» klubi bilan hujumchi Xulian Alvaresni qaytarish masalasini muhokama qilish maqsadida aloqa qilgan.

«Shaharliklar» Savio va Umar Marmush jamoadan ketganidan keyin argentinalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Sport.es Marcaga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi Angliyaga qaytishni istamayapti. Unga «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda.

Xulian Alvaresning transfer narxi ham uning ketishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Chunki «matraschilar» 26 yoshli hujumchini kamida 150 million yevroga baholamoqda.

Alvares 2022 yildan 2024 yilgacha «Manchester Siti»da o‘ynagan. Bu davrda u barcha turnirlarda 103 ta uchrashuvda ishtirok etib, 36 ta gol urgan va 19 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!