“Siti” transferi haqida: Endi ovozimni o‘chirmayman!

  • 18.01.2026 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Kristal Pэlas” bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya Premier-ligasining 22-turida “Sanderlend”ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin jamoa sardori va yetakchisi  Mark Gexining “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtishi haqida fikr bildirdi.

- Men oʻzimizni butunlay taqdir ixtiyoriga tashlab qoʻyishganini his qilayapman. Hech qanday qoʻllab-quvvatlashni sezmayapmiz.

Eng yomoni – Premier-liga oʻyinidan bir kun oldin jamoamizning sardorini sotib yuborishdi. Men buni tushunolmayman.

Men doim jim yurardim, lekin endi bunga chiday olmayman, chunki oʻyinchilarni himoya qilishim kerak. Bu mavsumda ikkinchi bor oʻyin oldidan yuragimizni sugʻurib olishyapti. Yozda Eze bilan shunlay boʻlgandi, endi esa Gexi ketyapti.

Men oʻyinchilarga nima deyishim kerak? Zaxira oʻrindigʻiga qarayman va jim turolmayman, u yerda yosh bolalar oʻtiribdi. Shu sababli bugun juda xafaman, - dedi Glasner BBC jurnalistlariga.

Avvalroq, Gexi “Manchester Siti”ga 26 million funt evaziga oʻtishi haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!