“Siti” va “Barsa” manfaatlari to‘qnashib qoldi
Yozgi transferlar oynasi davrida tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan Angliya grandi “Manchester Siti” va Ispaniya chempioni “Barselona”ning manfaatlari bir futbolchi transfer ustida to‘qnash keldi.
Germaniya Bundesligasida “Ayntraxt” sharafini himoya qilayotgan chap qanot himoyachisi Nataniyel Braun ikki yirik klub nishoniga tushdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining o‘yini “Manchester Siti” va “Barselona” skautlari anchadan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda va transfer imkoniyatlarini o‘rganyapti.
“Ayntraxt” grandlar taklifini ko‘rib chiqishga tayyor. Faqat nemis klubi bu taklif 65 million evrodan boshlanishi kerakligini ma’lum qilgan. Bundan kam summa klubni qoniqtirmaydi.
Klub bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchi joriy mavsumda 31 o‘yinda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari uchta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar