“Siti” Xoland istagan o‘yinchini oladi

  • 12.11.2022 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” mutasaddilari “Borussiya” rahbariyati bilan angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yubordi.

Yozda “shaharliklar" dortmundliklardan Erling Xolandni sotib olgan. Norvegiyalik to‘purar yangi klubi rahbariyatidan Bellingemni olishni so‘ragan.

Hozir, 19 yoshli futbolchiga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Real” kabi grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda.  Biroq “Siti” rahbariyati o‘z nishonini boshqa klublarga berib qo‘ymoqchi emas.

“Borussiya” bu futbolchini ushlab qolishga qodir emas. Dortmundliklar yozda bu futbolchi transferidan mo‘may daromad orttirishni ko‘zlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!