“Siti” yangi futbolchisi tarixdagi eng qimmat 5 transfer qatoriga kirdi

  • 03.09.2026 14:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Enzo Fernandesning “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga transferi hozircha futbol tarixidagi eng qimmat beshta transfer qatoriga kirdi.

Transfermarkt statistik portali ma'lumotiga koʻra, Fernandesning €145 mln evaziga transferi futbol tarixidagi toʻrtinchi eng qimmat transfer boʻldi. Huddi shuncha mablagʻni «Liverpul» oʻtgan yozda «Nyukasl Yunayted»dan Aleksandr Isakni xarid qilish uchun toʻlagan.

Rekord hanuzgacha toʻqqiz yil avval Neymarning «Barselona»dan «PSJ»ga €222 mln evaziga oʻtishiga tegishli.

Transfermarkt versiyasi boʻyicha futbol tarixidagi eng qimmat 10 transfer:

  1. Neymar (Braziliya) — «Barselona»dan «PSJ»ga — €222 mln.
  2. Kilian Mbappe (Fransiya) — «Monako»dan «PSJ»ga — €180 mln.
  3. Usman Dembele (Fransiya) — Dortmundning «Borussiya»sidan «Barselona»ga — €148 mln.
  4. Aleksander Isak (Shvetsiya) — «Nyukasl Yunayted»dan «Liverpul»ga — €145 mln.
  5. Enzo Fernandes (Argentina) — «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga — €145 mln.
  6. Morgan Rodjers (Angliya) — «Aston Villa»dan «Chelsi»ga — €138 mln.
  7. Elliot Anderson (Angliya) — «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga — €135 mln.
  8. Filippe Koutinyo (Braziliya) — «Liverpul»dan «Barselona»ga — €135 mln.
  9. Joau Feliks (Portugaliya) — «Benfika»dan «Atletiko»ga — €127,2 mln.
  10. Jud Bellingem (Angliya) — Dortmundning «Borussiya»sidan «Real» Madridga — €127 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!