“Siti” yulduzi A Seriyada qaysi klub chempion bo‘lishini aytdi
Yozgi transferlar davrida “Milan”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders Italiya chempionatida qaysi klub chempion bo‘lishini aytdi.
- Mavsum endi boshlanganini inobatga olsak, A Seriyada qaysi klub g‘olib chiqishini aytish juda qiyin. Biroq, hozirgacha ko‘rganim shuki, “Napoli” uchta uchrashuvning barchasiga zafar quchdi va zo‘r natija ko‘rsatyapti.
Lekin men chempionatda “Milan” g‘olib chiqishini istayman. Nimalar bo‘lishini esa, mavsum oxirida bilib olamiz, - dedi Tijani Reynders.
27 yoshli futbolchi Niderlandiyaning “Tvente” va “Zvolle” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “AZ Alkmaar” va “Valveyk” jamoalarida ham o‘ynagan. Tijani oxirgi ikki mavsumni “Milan” safida o‘tkazgan edi.
“Manchester Siti” A Seriyaning eng zo‘r yarim himoyachilaridan biriga aylangan Reyndersni yozgi transferlar davrida 55 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Fikrlar