“Siti” yulduzi APLda eng zo‘ri bo‘ldi

  • 13.03.2026 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida fevral oyi yakunlariga koʻra, oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Mukofotni yanvar oyida “Bornmut”dan “Manchester Siti”ga koʻchib oʻtgan hujumchi Antuan Semenyo qoʻlga kiritdi.

“Manchester Siti”ning yangi yulduzi oʻtgan oy Angliya chempionatida beshta oʻyinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda Semenyoni faollik koʻrsatdi, raqiblar darvozasiga uchta toʻp kiritib, jamoadoshlariga bitta golli uzatma berdi.

26 yoshli Semenyo APLdagi faoliyati davomida birinchi marotaba oyning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor boʻldi.

2025-2026 yildgi mavsum davomida oyning eng yaxshi futbolchilari roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi: Jek Grilish (avgust), Erling Xoland (sentyabr), Brayan Mbeumo (oktyabr), Igor Tiago (noyabr), Dominik Kalvert-Levin (dekabr), Igor Tiago (yanvar) va “Antuan Semenyo (fevral).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!