“Siti” yulduzi kutilmagan klubdan taklif oldi

  • 19.07.2026 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiyaning “Galatasaroy” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Fodennni sotib olishga urinib ko‘rmoqda. Bu haqida Fanatik nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, turk klubi 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi shartlarini bilish maqsadida “shaharliklar” bilan rasmiy aloqalarni boshlab yuborgan.

“Galatasaroy” prezidenti muzokaralar olib borish vakolatini avvalroq bir qator yulduz futbolchilarning Istanbul klubiga o‘tishlarida ishtirok etgan italyanlik agent Jorj Gardiga topshirgan.

Qayd etilishicha, bozor qiymati taxminan 70 million yevro deb baholanyotgan Foden faoliyatida yangi bosqichni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Angliyalik yarim himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Foden Angliya chempionatida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!