“Siti” yulduzi mashhur klubga ketmoqchi
“Manchester Siti” mutasaddilari tarkibni yoshartirish siyosatini davom ettiradi. Bu jarayonda yoshi o‘tib qolayotgan yulduzlar o‘zlariga yangi jamoa topishlari kerak bo‘lyapti.
Kevin de Bryuyne klubdan ketishini rasman ma’lum qildi. Yana bir etakchi o‘yinchi Ilkay Gyudog‘an ham kelajagi borasida bir qarorga kelishi kutilyapti.
Tribal Football portalining ma’lum qilishicha, germaniyalik 34 yoshli futbolchi faoliyatini Turkiyaning eng qudratli klubi “Galatasaroy”da davom ettirish e’timoli oshib bormoqda.
Turk klubi rahbarlari tajribali yarim himoyachiga hamkorlik shartnomasini tayyorlamoqda.
Ilkay Gyundog‘anning “shaharliklar” bilan amaldagi kelishuvi 30 iyun kuni tugaydi. Klub unga yangi kelishuv taklif qilgani yo‘q. Shu bois, Ilkay istalgan klubga erkin agent maqomida ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega. “Galatasaroy” esa uni anchadan beri o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirib kelmoqda.
Fikrlar