“Siti” yulduzi sobiq jamoasiga qaytishi kutilyapti
“Manchester Siti”ga o‘tgan yozda olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders 2023–2025 yillar oralig‘ida to‘p surgan “Milan” klubiga qaytishi mumkin.
Milan Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, “rossonerilar” rahbariyati tajribali futbolchi atrofidagi vaziyat bo‘yicha ularni xabardor qilib turishni so‘ragan.
Milan klubi, agar “shaharliklar” Reyndersni sotishga qaror qilsa, yarim himoyachini qaytadan o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligi bildirdi.
Tijani Reynders 2025 yil yozida “Milan”dan “Manchester Siti”ga 54 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
2025/2026 yilgi mavsumda yarim himoyachi “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Reyndersning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar