“Siti” yulduzi uchun kurashda Yevropaning mashhur klubi peshqadam

  • 15.01.2026 07:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning eng yoqtirgan futbolchisi hisoblanadi. Shunga qaramay, portugaliyalik yulduz mavsum oxirida jamoani tark etishi kutilyapti.

Silvaning manchesterliklar bilan tuzgan mehnat shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Hali tomonlar yangi bitim bo‘yicha muzokaraga kirishmagan. Bu vaziyat bir qator klublarning Bernardu Silvaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirmoqda.

Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi uchun kurashda ayni paytda Italiya ning mashhur klubi “Yuventus” asosiy da’vogarga aylandi.

Silvaga Turkiya chempioni “Galatasaroy” va Saudiya Arabistonining bir necha klublari ham ko‘z tikkan.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon “Manchester Siti” safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u Xosep Gvardiola jamoasi uchun 28 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!