“Siti” yulduzining keyingi manzili aniq
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola istagi bilan bu mavsum “Manchester Siti”ga sardorlik qilayotgan Bernardu Silvaning ushbu klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Portugaliyalik yarim himoyachi “shaharliklar” safida so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Bernarduning amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
Tomonlarning hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda. 2017 yldan beri Gvardiola qo‘l ostida o‘ynab kelayotgan Silva “Manchester Siti” tarkibida klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Ayni paytda 31 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni Professional ligasi vakillari da’vogarlik qilmoqda.
Bundan tashqari, “Yuventus” va “Milan” ham tajribali charm to‘p ustasiga hamkorlik taklif qilyapti. Calciomercato nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Silva faoliyatini Evropaning top-chempionatida davom ettirishni istaydi.
Bundan kelib chiqib, yarim himoyachining Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tish ehtimoli oshib bormoqda.
Fikrlar