“Siti”da Bernardu Silva o‘rnini “Barsa” yulduzi egallaydi

  • 19.05.2026 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatida ikki marta ketma-ket g‘olib chiqqan “barselona” jamoasining hujumkor futbolchisi Dani Ol’mo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ol’moni yozda erkin agent sifatida jamoani tark etadigan Bernardu Silvaning o‘rniga munosib nomzod, deb hisoblamoqda.

Dani Ol’mo 2024 yilda “RB Leyptsig”dan “Barselona”ga 61 million yevro evaziga o‘tgan  edi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali Ol’moning qiymatini 60 million yevro, deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!