“Siti”da joy tegmaydi! Trafford Donnarummaning yurtida o‘ynaydi
“Manchester Siti”ning zahira darvozaboniga aylanib qolgan Jeyms Trafford faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, angliyalik posbonning tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga kirishgan “Yuventus” klubiga o‘tish ehtimoli tobora oshib bormoqda.
Yaqinda Angliya milliy terma jamoasida debutini nishonlagan 23 yoshli golkiperga doimiy o‘yin amaliyoti kerak. Xosep Gvardiola o‘tgan yoz uni “Börnli”dan birinchi raqamli darvozabon qilish uchun qaytargan edi.
Ammo kutilmaganda “shaharliklar”da tajribali darvozabon Janluiji Donnarummani transfer qilish imkoni paydo bo‘ldi va klub buni uddaladi.
Qayd etilishicha, “Yuventus” Donnarummaning soyasida qolib ketayotgan Jeyms Trafford uchun taxminan 20 million yevro to‘lashga tayyor.
Shuningdek, Jeymsda Angliya Premier-ligasida qolish imkoniyati ham bor. Hozirning o‘zida “Nyukasl Yunayted” va “Aston Villa” klublari unga ish berishga tayyor.
Joriy mavsumda Trafford 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol o‘tkazib yuborgan va 7 marta darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar