“Siti”dan o‘ynagan futbolchi Mbappening jamoasiga murabbiy bo‘ldi

  • 30.12.2025 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va Frantsiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Gael Klishi oʻz yurtida “Kan” jamoasiga bosh murabbiylik qiladiigan boʻldi. Bu haqida klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Tecno

- “Kan” futbol klubi Gael Klishi professional jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini eʼlon qiladi. Frantsiya terma jamoasining sobiq oʻyinchisi klubga eng yuqori darajadagi tajriba, zamonaviy futbolni chuqur bilish va yuksak standartlarni olib keladi.

“Arsenal” va “Manchester Siti”da futbolchi sifatida toʻp surganiidan soʻng, Gael oʻrtada “Istanbul Boshakshehir” va Jenevadagi “Servett” klublarida oʻynovchi-murabbiy sifatida faoliyat yuritdi.

Keyinchalik u Tyerri Anri bilan birga Frantsiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoasida murabbiy sifatida ishladi. Bu tajriba 2024 yil Parij Olimpiadasi oʻyinlarida ikkinchi oʻrin bilan yakunlandi.

Uning ishida Marvin Esor hamroh boʻladi, u hozirgi murabbiylar shtabiga qoʻshiladi, shtab tarkibi esa oʻzgarishsiz qoladi.

“Kan” futbol klubi yangi murabbiyni qutlab, mavsumning ikkinchi yarmidagi vazifalarni hal etishda unga toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildiradi, - deyiladi “Kan” klubining rasmiy saytidagi xabarda.

Eʼtiborli jihati shundaki, Klishi faoliyatining ilk bosqichida aynan shu jamoa safida toʻp surgan. Klubning asosiy aksiyadori “Real” hujumchisi Kilian Mbappe hisoblanadi. Ayni paytda “Kan” Frantsiyaning uchinchi divizionida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!